Roskomnadzor «Novaya gazeta»ni litsenziyasidan mahrum etişni talab qildi. Naşrning röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topiş töğrisidagi da’vo Moskvaning Basmanniy tuman sudiga taqdim etildi, deb xabar qildi tahririyat 28 iyul, payşanba kuni. Bu da’vo nima bilan boğliqligi haqida xabar berilmagan.
Şu bilan birga, Roskomnadzor saytidagi kartoteka ma’lumotlariga köra, ta’sisçilarning qarori bilan «Novaya gazeta» röyxatdan ötiş guvohnomasining amal qiliş muddati töxtatilgan.
2022 yil mart oyida «Novaya gazeta» naşrning saytda, ijtimoiy tarmoqlarda va qoğoz körinişida çop etilişini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tugaguniga qadar töxtatib turişini e’lon qildi. Tahririyat bu qarorini Roskomnadzordan ikkinçi ogohlantiriş olgani, şu sababli «gazeta işini davom ettira olmasligi» bilan izohladi. Rossiyani tark etgan NG jurnalistlari qisqa vaqtdan keyin «Novaya gazeta. Yevropa» xorijiy loyihasini işga tuşirişdi, u Boş prokuratura talabiga binoan RFda bloklangan.
Iyun oyining örtalarida «Novaya gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratov «NO» jurnalini çiqariş rejasini e’lon qildi. Iyul oyi örtalarida u Rossiyada qolgan NG jurnalistlari tomonidan işga tuşirildi, biroq roppa-rosa bir hafta ötib uning sayti ham Boş prokuratura talabiga binoan RFda bloklandi.

















