Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov rahbarligida ijodiy, kasbiy imtihonlarni puxta tayyorgarlik asosida şaffof ötkaziş masalasiga bağişlangan videoselektor yiğiliş bölib ötdi. 

Oliy ta’lim vazirligi xabariga köra, yiğiliş kun tartibidagi dolzarb masala – ayni kunda boşlangan ijodiy, kasbiy imtihonlarni şaffof va xolis ötkaziş böldi.

Abduqodir Toşqulov mas’ullarga imtihonlarni nazorat qilişga jalb etilgan professor-öqituvçilar, mutaxassislar uçun yetarli şaroitlar yaratiş, jarayonlarni adolatli ötkazişda halolligini körsatgan mutaxassislarni katta miqdordagi qöşimça pul mukofotlari bilan rağbatlantiriş zarurligini ta’kidladi.

Kasbiy imtihon ötkaziladigan ta’lim yönalişlari böyiça jami qabul parametrlari 2 515 tani taşkil etadi. Ma’lumotlarga köra, röyxatdan ötgan va ta’lim yönalişlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 mln 200 ming nafardan oşgan. Ulardan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yönalişlari böyiça röyxatdan ötgan abituriyentlar soni 60 177 nafar, test bilan birgalikda kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan ta’lim yönalişlari böyiça röyxatdan ötgan abituriyentlar soni 66 371 nafarni taşkil etmoqda.

Majlisda vazir abituriyentlar ota-onalari va kuzatuvçilar uçun muassasa hududida imtihonni sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda ötkaziş, jarayonlarni videotranslatsiya qiliş, har bir hududni navbatçi tez tibbiy yordam maşinasi bilan ta’minlaş, jarayon haqida tezkor axborot berib boriş, apellyatsiya komissiyasi faoliyatini taşkil etiş, imtihon jarayonlariga OAV, jamoatçilik vakillari, blogerlarni taklif etiş böyiça ham mas’ullarga topşiriqlar berildi.

A.Toşqulov yiğiliş yakunida magistraturaga hujjat qabul qilişga ham töxtalib, topşirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtalaştirilayotganini qattiq tanqid qildi.

Mas’ullarga uşbu holatni qat’iy nazoratga olişlari, qabul yakunlangaç sertifikatlarni ekspertlar iştirokida yana bir bor tekşirişlari, soxta sertifikat topşirganlarni öqişdan çetlatiş böyiça zarur körsatma berdi.