Özbekistonda bugun, 1 avgustdan boşlab Twitter, WeChat va “Vkontakte” ijtimoiy tarmoğiga qöyilgan tösiq olib taşlanmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ma’lum qildi.
Rasmiy xabarga köra, TikTok platformasi bilan muzokaralar davom etmoqda, natijalari yuzasidan qöşimça xabar beriladi.
“Blokirovkalar rivojlanişga faqat zarar keltiradi”, – deyiladi AOKA bayonotida.
Törtta platformaga qöyilgan tösiqning olinişi Prezident administratsiyasi rahbariyatidagi özgarişlar ortidan röy bermoqda. Ötgan oyda Zaynilobiddin Nizomiddinov örniga Sardor Umrzoqov Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Komil Allamjonov Administratsiya rahbarining örinbosari böldi.
“Bloklaş faqat zarar va axmoqlik”, – deya yozdi Allamjonov bugun öz Telegram-kanalida.
Yangilik yuzasidan prezidentning matbuot kotibi Şerzod Asadov ham munosabat bildirdi.
“Prezidentimiz söz va matbuot erkinligini, fuqarolarning axborot oliş va uni tarqatiş, öz fikr va qaraşlarini erkin bildiriş huquqini ta’minlaş davlat siyosatining eng muhim yönalişlaridan biri ekani va u izçil davom ettirilişini bir neça bor ta’kidlaganlar.
Axborot makonini yopib qöyiş, fikrlar plyuralizmiga tösqinlik qilişga urinişlar jamiyatning taraqqiyotiga xizmat qilmay, aksinça, uni orqaga tortişi – isbot talab qilmaydigan haqiqat”, – deya bayonot berdi Asadov.
Twitter, TikTok, WeChat va “Vkontakte” ötgan yilning 2 iyul kuni bloklab qöyilgan edi.
Bunga “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonunga kiritilgan 27-1-modda sabab bölgandi. Unga köra, Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma’lumotlar jisman Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlanişi belgilangan.


















