Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 28 iyul kuni soat 5:00 larda A-378 Samarqand-Ğuzor avtomobil yölining Nurobod tumani hududidan ötgan 31-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Samarqand-Ğuzor yönalişida harakatlanib ketayotgan Lacetti ta’mirlaş işlari tufayli yölning bir qatorini yopiş uçun qöyilgan beton tösiqqa borib urilgan.
Oqibatda, Lacetti ikkiga bölinib ketgan va uning haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, hodisa joyida halok bölgan. Maşinada bölgan ikki kişi turli darajada tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, köprik ta’mirlanayotgan joyda turli ogohlantiriş yöl belgilari örnatilgan va YPX xodimlari xizmat avtomaşinasining miltillovçi çiroqlari yoqib turganiga qaramasdan haydovçi juda katta tezlikda harakatlanib kelgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda sodir bölgan YTHda ikkita yuk maşinasi Lacetti maşinasini paçoqlab taşlagan, uning haydovçisi halok bölgandi.
















