Kun.uz manbasining xabar berişiça, Jizzax viloyati Döstlik tumani markazida, Savdogarbank binosi yonida joylaşgan daraxtlar kesib taşlanmoqda.
Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston tumanida ariq böyida ösib turgan 170 tup tol daraxti, Qaşqadaryoda 10 tup tut daraxti noqonuniy tarzda kesib taşlangandi.
Şuningdek, Qarşi davlat universiteti hududida 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan. Andijonda tuğuruqxona oldidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesib taşlangan. Bundan taşqari, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Çinobod köçalari kesişmasida ekilgan eldor qarağaylari keçki payt noma’lum şaxslar tomonidan kesib ketilgan. Andijon va Toşkentdagi holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan.
Prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan, Özbekiston hududida daraxtlarni kesişga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uçun jarimalar 5 barobarga oşirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilişi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesiş holatlarini foto va videotasvirga olib jönatganlarga pul tölanişi ham közda tutilgan. Şunga qaramasdan, joylarda hamon noqonuniy daraxt kesiş holatlari töxtamayapti.












