Samarqanddagi “Maroqand neft bazasi”MÇJga qaraşli Bulunğur filialida qariyb 21,5 mlrd sömlik neft mahsulotlari talon-toroj qilingan. Bu haqda “Özbekneftegaz” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Örganişlar jarayonida, Bulunğur filiali xodimi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizatsiyadan ötkazilganda, 7ta vertikal pölat siğimlarga (RVS) qasddan texnik özgartiriş kiritiş va qölbola usulda siğim içiga temir quvur joylaştirilganligi aniqlangan.

Natijada jami 21 mlrd 494,7 million sömlik 2 ming 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yöl qöyilib, katta miqdorda talon-toroj işlari amalga oşirilgan.

Xususan:

  • AI-80 avtobenzinidan 18 mlrd 340,4 mln sömlik 2 382,1 tonna;
  • EKO markali dizel yoqilğisidan 75,2 mln sömlik 4,7 tonna;
  • TDL-05 markali dizel yoqilğisidan 1 mlrd 752,1 mln sömlik 111,6 tonna;
  • TD-K5 yevro markali dizel yoqilğisidan 1 mlrd 327,0 mln sömlik 75,1 tonna.

"Özbekneftegaz" matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, uşbu jinoiy iş doirasidagi barça tegişli hujjatlar DXX va Boş prokuraturaga taqdim qilingan.

Avvalroq, “Maroqand neft bazasi”dagi talon-torojlik holatlari va neft mahsulotlari noqonuniy sotilişi ortidan 11 nafar xodim işdan olingani ma’lum qilingandi.