U uzoq vaqt davomida Minskdagi muzokaralarda Ukraina delegatsiyasi rahbari bölgan. Demak undan boşqa heç kim Rossiya rasmiylarining uruşdagi kayfiyati va ambitsiyalari haqida yaxşiroq bilmaydi. Bugun Leonid Kuçma rus qöşinlari va faşistlarning bostirib kirişi örtasidagi öxşaşliklarni oçiqçasiga aytmoqda. Şuningdek, 2003 yilda Tuzladagi mojarodan beri [Rossiya va Ukraina çegarasida joylaşgan Kerç oblastidagi Tuzla oroliga egalik qiliş böyiça bahs] «Putin Rossiyasi» haqida heç qanday illyuziyasi yöqligi va bu safar Rossiya prezidenti notöğri iş qilganini ta’kidlamoqda.

Kuçma 1994 yildan 2005 yilgaça ikki marta Ukrainani boşqargan va Putin aynan uning köz öngida hokimiyatga kötarilgan. Ularning aloqalari va muloqotlari uzoq tarixga ega.

«Birinçidan, Putinning tez orada ölişiga işonmang», deb maslahat beradi Ukraina sobiq prezidenti. Şu bilan birga, u Ukrainaning uruşda ğalaba qozonişiga işonadi. Putin bilan uning heç qanday murosasi yöq.

BBC News 24 fevralda boşlangan Rossiya bosqinidan keyin Leonid Kuçma bilan birinçi va hozirça yagona intervyuni olişga muvaffaq böldi.

«Bosqinning birinçi kunidan beri Ukrainadaman»

— Rossiya bosqini sodir bölganida qayerda edingiz? Siz uni kutganmidingiz, öşa paytda Ukrainada edingizmi?

Leonid Kuçma: Mamlakatimdagi aksariyat tinç aholi singari, men ham Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanganida uyquda edim. Bu, ehtimol, barça faşistlarga xos odat bölsa kerak – joy va zamondan qat’i nazar, ertalab soat törtda bizga hujum qiliş... Uruşning birinçi kunlarida rus samolyotlari uyimning ustidan hatto tomni buzib yuboriş darajasidagi yaqin masofadan uçib ötardi.

Menga darhol çet elga evakuatsiya qilişni taklif etişdi. Buni rad etdim. Bu masalaga boşqa qaytmadik, bosqinning birinçi kunidan beri men Ukrainada edim.

Men buni kutganmidim? Qiyin savol. Psixologik jihatdan öz avlodim vakili sifatida uruşga tayyor edim – axir, bolaligimda faşistlar bosqinidan omon qolganman.

Putin Rossiyasining tajovuzkor tabiatini 2003 yilda bilib olganman. Öşa paytda Moskva Qrimga bostirib kirişga birinçi marta uringan va Tuzla orolini olmoqçi bölgan edi. Agar bosqin boşlansa, darhol öt oçişni buyurganman. Men Rossiya tahdidining haqiqiy darajasini tuşunardim, çunki bu haqda turli manbalardan xabar olardim.