2022 yil 7 avgust kuni taxminan soat 20:30 larda Farğona yöli köçasi va Badaxşon köçasi çorrahasida ikkita transport vositasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. 

Poytaxt IIBB xabariga köra, 1964 yilda tuğilgan M.O. boşqaruvidagi Spark rusumli avtomobil va 1997 yilda tuğilgan A.Q. boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil özaro töqnaşgan. YTH sabablari aniqlaştirilmoqda.

Töqnaşuv oqibatida Spark rusumli avtomobil yölovçilari, voyaga yetmagan, 2017 yilda tuğilgan M.M., 1968 yilda tuğilgan M.O., Lacetti rusumli avtomobil haydovçisi A.Q. tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Spark rusumli avtomobil haydovçisi M.O. va yölovçisi, 1959 yilda tuğilgan D.E. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.