Jizzax viloyati IIb axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 3 avgust kuni soat 12:00 larda 4K-237 Ğallaorol-Qöytoş avtomobil yölining Ğallaorol tumani “Kökbuloq” QFY hududidan ötgan 10-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Ğallaorol tumani “Baxt” MFYda yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan şaxs Cobalt maşinasi bilan Qöytoş yönalişi böyiça harakatlanayotib, yölning öng tomonida velosiped boşqarib ketayotgan 8 yoşli bola va uning 6 yoşli singlisini urib yuborgan.
Oqibatda, “Kökbuloq” QFYga qaraşli Çayonli qişloğida yaşovçi, 2014 yilda tuğilgan bola oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan. Uning 2016 yilda tuğilgan singlisi oğir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Ğallaorol tumani IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ikki nafar bolani urib yuborgan. 2007 yilda tuğilgan bolalardan biri vafot etgan, ikkinçisi jonlantiriş bölimiga yotqizilgandi.
















