Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 3 avgust kuni A-377 Samarqand-Ayniy xalqaro avtomobil yölining Toyloq tumani hududidan ötgan 9-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Damas maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan. Söng röparadan kelayotgan boşqa bir Damas bilan özaro töqnaşgan.

Oqibatda, har ikkala maşina haydovçilari va yana bir nafar yölovçi oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajaga qaramasdan yölovçi vafot etgan.

Avvalroq, Samarqandda sodir bölgan YTHda Lacetti ikkiga bölinib ketgan. Hodisa oqibatida haydovçi voqea joyida halok bölgan. Ikki nafar yölovçi tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgandi.