Hindistonning Çennay şahrida bölib ötgan Butunjahon 44-şaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli iştirok etgan Özbekiston terma jamoasi a’zolari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Prezident farmoni bilan, musobaqada çempion bölgan Özbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari “Özbekiston iftixori” faxriy unvoni berildi:

  • Abdusattorov Nodirbek Fazliddin öğli
  • Vohidov Jahongir Toiroviç
  • Vohidov Şamsiddin Pölat öğli
  • Sindorov Javohir Sanjarbekoviç
  • Yaqubboyev Nodirbek Murodbek öğli

Terma jamoa murabbiylari Yegin Vladimir Nikolayeviç va Ivan Sokolov “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Musobaqada 162 jamoa orasida 31-örinni egallagan Özbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari esa “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi:

  • Bobomurodova Maftuna Panjiyevna
  • Malikova Marjona Abdimajid qizi
  • Omonova Umida Şuhrat qizi
  • Hamdamova Afruza Akbarovna
  • Yoqubboyeva Nilufar Murodbek qizi

Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 10 avgust kuni Toşkent arxitektura-quriliş institutida talabalar bilan keçgan muloqotida çempion şaxmatçilarga davlat mukofotlari bilan birga maşinalar ham berilişini aytdi.

“Çempionlarimizga yana qanaqa sovğa berişni uzoq öyladim. Mana, boksçilarimizga şunday katta pul mukofoti, maşinalar berdik, şaxmatçilarimizga ham bermasak, adolatdan bölmaydi. Şu sababli ularga maşina ham sovğa qiladigan böldik. Yoş-yoş yigitlarimiz uyiga maşina haydab borsa, tasavvur qilinglar, bu yoşlarimizga qanday katta motivatsiya böladi”, – deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda uçraşuvda qatnaşgan bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev.

Hozirça maşina rusumi ma’lum qilinmagan.