
11-13 avgust kunlari Toşkent şahrida “El-yurt umidi” jamğarmasining II xalqaro forumi bölib ötmoqda. Forum doirasida sözga çiqqan Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktori birinçi örinbosari Otabek Hasanov jamğarma granti bilan öqişni bitirib, Özbekistonga qaytgan yoşlarga beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.
Uning sözlariga köra, endi “El-yurt umidi” jamğarmasi bitiruvçilari oldida turgan Özbekistonga qaytib iş topiş va munosib maoş oliş muammosi hal etiladi. Ular töğridan töğri tanlovsiz milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi. Talabalar bitirişidan oldin ularga agentlik iş topib beradi.
Şuningdek, Otabek Hasanov jamğarma granti bilan öqişni bitirib, Özbekistonga qaytgan yoşlar qanday rağbatlantirilişi masalasiga ham töxtaldi.
“Yana bir moddiy yangilik. Siz “El-yurt umidi” jamğarmasi Top-100talik universitetning bakalavrini bitirib qaytib kelsangiz, maoşdan taşqari 3 yil davomida agentligimiz 9 million söm oylik beradi. Top-200talikni bitirsangiz 6 million söm, Top-300talikni bitirsangiz, 4,5 million söm beriladi.
Agar magistraturadan Top-100talik universitetlardan birini bitirsangiz, 15 million söm, Top-200talikni bitirsangiz 12 million söm, doktoranturani Top-100talik universitetni bitirsangiz, 22 million söm beriladi”, – dedi agentlik direktori birinçi örinbosari.
















