Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, 2022 yil 4 avgust kuni soat 4:45 larda A-378 Samarqand-Ğuzor avtomobil yölining Nurobod tumanidan ötuvçi 55-kilometrida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Damas maşinasi haydovçisi rul boşqaruvi vaqtida uxlab qolib, özidan oldinda ketayotgan «KamAZ» yuk maşinasining orqa qismiga borib urilgan.
Oqibatda Damas haydovçisi va bir nafar yölovçi voqea joyida halok bölgan. Yana ikki nafar yölovçi oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odamlar ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda ikkita Damas özaro töqnaşgan YTHda yölovçi vafot etgandi.
















