Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 8 avgust kuni soat 02:30 larda M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Şarof Raşidov tumani Yoyilma mahallasi hududidan ötgan 971-kilometrida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Zarbdor tumanida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan fuqaro Optra rusumli maşinani Toşkent yönalişi böyiça boşqarib ketayotganda maşina şinasi havoni qöyib yuborgan. Şundan söng haydovçi boşqaruvni yöqotib, maşina yöl çetiga çiqib ketgan.
Hodisa oqibatida maşina salonida bölgan ikki nafar fuqaro oğir tan jarohatlari olib, ulardan biri voqea joyida, yana biri esa şifoxonada vafot etgan. Maşinada bölgan yana bir fuqaro oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq, Jizzax viloyati Foriş tumanida sodir bölgan YTHda 4 kişi halok bölgandi.
















