Massaçusets texnologiya instituti rahbarligidagi xalqaro tadqiqotçilar guruhi plazma yordamida Mars şaroitida kislorod oliş usulini işlab çiqdi. Olimlarning tadqiqoti Journal of Applied Physics jurnalida çop etildi.

«Kislorod oliş uçun is gazi molekulalarini parçalaş murakkab jarayon. Bundan taşqari, yana bir murakkablik reaksiya davomida olingan kislorodni gaz aralaşmasidan ajratib olişda. Har ikki muammoni hal qilişda plazma yordam beradi», – deb hisoblaydi olimlar.

Plazma – materiyaning törtinçi şakli. Plazma elektron va ion kabi erkin zaryadlangan zarralarga ega. Elektronlarni elektron maydonlar yordamida osongina harakatga keltiriş mumkin.

Elektronlar is gazi molekulasi bilan töqnaşganda uni parçalab, kislorod va gazlar aralaşmasini hosil qiladi. Plazmadan ajralib çiqqan issiqlik kislorod ajralişiga yordam beradi. Olimlar bu nazariyani tajriba asosida isbotlab berişdi.

Ularning sözlariga köra, uşbu texnologiya Marsda yaşaş tizimi hamda yonilğini qayta işlaş, quriliş materiallari va öğitlar işlab çiqarişda zarur böladigan kimyoviy moddalarni işlab çiqişda hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi.