Birja kuzatuv kengaşining 15 avgustdagi yiğilişida şunday qarorga kelingan.

Giorgi Paresişvili 2014 yildan hozirgi kungaça Gruziya Fond birjasining rahbari bölib kelgan. Şu bilan birga, Gruziya Markaziy qimmatli qoğozlar depozitariysi Kuzatuv kengaşining raisi bölgan.

“Bank sohasida va kapital bozorida 27-yillik tajribaga ega yuqori malakali xorijiy top-menejyerni jalb etiş töğrisidagi qaror Özbekiston Respublikasining kapital bozorini rivojlantiriş strategiyasining bajarilişi va amalga oşirilişi munosabati bilan qabul qilindi”, – deyiladi Moliya vazirligi axborotida.

Qayd etilişiça, Giorgi Paresişvilining asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini xalqaro kapital bozori infratuzilmasiga integratsiyalaş, şuningdek, mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining IPO va SPÖlarini ötkazişda yordam berişdir.

Jumladan, yangi boşqaruvçining vazifalariga quyidagilar kiradi: iş samaradorligini oşiriş, xalqaro ilğor tajribalar asosida listing va savdo qoidalarni takomillaştirişga doir tavsiyalar beriş, listing kompaniyalari sonini köpaytiriş, umuman bozor infratuzilmasi, IT kompleksi faoliyati samradorligini oşiriş maqsadida bozorning tegişli iştirokçilari bilan yaqin xamkorlik qiliş.

Georgiy Paresişvili 1995 yilda Tbilisi davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Tbilisidagi “Absolyut Bank”da boşlagan. 2000-2002 yillarda Miçigan universiteti Stiven M. Ross biznes maktabida tahsil olgan va Biznes boşqaruvi magistri (MBA) darajasini olgan.

2000 yildan 2005 yilgaça u London va Nyu-Yorkda Şveytsariyaning eng yirik moliyaviy konglomerati Credit Suisse investitsiya bankining bölimi bölgan Credit Suisse First Boston'da işlagan. 2005 yildan beri Georgiy Paresişvili Gruziyaning Terabank, Liberty Bank, Bank of Georgia va boşqa yetakçi banklarida boşqaruv lavozimlarda işlagan.