IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berişiça, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yaşovçi fuqaro O.S. IIBga murojaat qilib, öziga tegişli bölgan “Humo” bank kartasida bölgan 48 million 640 ming 550 söm miqdoridagi pullar noma’lum şaxslar tomonidan yeçib olinganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaroning bank kartasidan pullarini öğirlagan şaxslar “Agrobank” Oltinsoy tumani bölimi xodimlari, Şörçi tumanida yaşovçi Q.Ş. va A.S. ekanligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, fuqaroning pullarini öğirlagan bank xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo viloyati filialining şu’ba mudiri tadbirkorga 500 million söm kredit ajratib beriş evaziga 10 million söm olayotganda uşlangan.

















