2022 yil 17 avgust kuni taxminan soat 02:40 larda Mirobod tumani, Kiçik halqa avtomobil yöli köçasida haydovçi, 2002 yilda tuğilgan S.A. “Nexia” rusumli avtomaşinada harakatlanib ketayotgan bölgan.
Toşkent şahar IIBB xabariga köra, u boşqaruvni yöqotgan va yölni ajratib turuvçi beton tösiqqa urilgan.
YTH natijasida avtomaşina haydovçisi tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan, biroq avtomaşina yölovçisi, 1999 yilda tuğilgan E.R. olgan tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















