"Baza va kadrlar potensialini yöqotib böldik" – özbek jamoatçilik faollari professional ijtimoiy himoya tizimi yöqligidan norozi
|21:45 / 20.08.202217 80212 min
Ayolmi, erkakmi oğir vaziyatga tuşib qolsa, öziga öt qöyiş kerakmi? Bolasini yoki qarigan ota-onasini boqolmasa, öldirişi kerakmi? Pulsiz, uy-joysiz qolsa, köçada tunaşi, tilançilik qilişi kerakmi? Özbekistonda haligaça ijtimoiy yordam xizmatining yöqligi şunday fojialarga yöl oçyapti. Kun.uz jamoatçilik faollarining professional ijtimoiy yordamni yaratiş haqidagi takliflarini jamladi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Ötgan 1 oy içida Buxoroda 9 oylik çaqaloqning buğdoyzorga taşlab ketilgani, Turkiyaga ketgan ayolning 3 yoşli qizini urib öldirib qöygan xolasi, Toşkentda 70 yoşli ayol 96 yoşli onasini piçoqlab öldirgani, Farğona neftni qayta işlaş zavodi işçi ayoli öziga benzib sepib yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bunday fojialar 1-2 yilda yetilib qolmaydi, ular yillar davomida yiğilib qolgan muammolarning isyonidir. Ilojsiz holda qolayotgan kişilar jamiyatdan yordam ololmasligini sezib, yuqoridagi kabi xatolarga yöl qöyyapti. Özbek jamoat faollarining fikriça, bunday noxuş holatlar ijtimoiy himoya tizimi yölga qöyilmagan davlatlarda yuz beradi.
“Ijtimoiy himoyaning institutsional asoslarini isloh qiliş masalasi çözilib kelmoqda”
Bloger, jamoat faoli Aziza Umarova Özbekistonda aholini ijtimoiy himoya qiladigan alohida bir taşkilot bölişi, uning tarkibida bolalarni himoya qiladigan va ijtimoiy xizmat xodimlari faoliyatini muvofiqlaştiruvçi departamentlar tuziş taklifini berdi.
– Ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, onasi Turkiyaga işlagani ketgan ayolning uç yoşli qizçasini xolasi kaltaklab, urib öldiribdi. Ma’lum bölişiça, xolasi özini qaramoğida bölgan jiyançasini doimiy ravişda kaltaklab kelgan.
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qiladigan alohida bir taşkilot bölişi şart.
Bu taşkilot tarkibida bolalarni himoya qiladigan departament bölişi kerak.
Xuddi şu taşkilot tarkibida ijtimoiy xizmat xodimlari faoliyatini muvofiqlaştiruvçi departament bölişi şart.
Xuddi şu taşkilot tarkibida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş departamenti bölişi şart.
Mavzuga oid
Mamlakatimizdagi bir qança oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy iş yönalişida bakalavriat va magistraturada kadrlar tayyorlanmoqda. Jumladan, Özbekiston milliy universitetida butun boşli “Ijtimoiy iş” kafedrasi faoliyat körsatib kelmoqda. Mazkur yönaliş va mutaxassislik uçun öquv rejasi BMT UNICEF taşkilotining Bolalar fondi tavsiyasiga köra Columbia universiteti tomonidan taqdim etilgan.
Lekin mazkur yönaliş va mutaxassislikni bitirgan bironta talaba öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşa olmagan. Bundan ham katta bema’nilik bölişi mumkinmi?!
Yana qança kutişimiz kerak?
Baraka topkurlar, kelinglar, tuman/şaharlar darajasida ijtimoiy himoya bilan şuğullanuvçi mutaxassis lavozimini joriy etinglar. Mazkur yönaliş böyiça universitetni bitirgan, oliy ma’lumotli mutaxassislar juda köp, ularni işga qabul qilinglar. Kimlarnidir malakasini oşiriş yoki qayta tayyorlaşga ehtiyoj yöq, tayyor mutaxassislar bor va yetarli, vaqt yöqotiş kerak emas.
Ehtimol bu iş uçun Mahalla tizimidan ham kimlarnidir biriktiriş mumkin bölar, lekin bu aks natija bermasmikin degan xavotir ham yöq emas...
Davlat taşkilotlarining mutasaddi rahbarlariga murojaat qilmoqçiman. Hurmatli rahbarlar, Sizlar buni tuşunişingiz kerak. Biz bu borada Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qiliş vazirligi tugatilgan 2016 yildan buyon oqsab kelmoqdamiz. Barça moddiy-texnik bazani va kadrlar potensialini yöqotib böldik. Yana ozroq vaqt ötsa, umuman heç narsa qolmaydi.
Ijtimoiy himoyaning institutsional asoslarini isloh qiliş masalasi muhokama qilinişi uzoq yillardan buyon çözilib kelmoqda, bu vaqtda esa aholining ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoya böyiça malakali mutaxassislar xizmatidan mosuvo qilingan, reabilitatsiya qiliş, psixolog yordami körsatiş kabi xizmatlar taqdim etilmayapti, qarovçisiz qolgan bolalarni doimiy joylaştirgunga qadar vaqtinça parvariş qilib turadigan (foster) oilalar faoliyati yölga qöyilmagan.
Himoyasiz qolgan bolalar zöravonlik va jarohatlar girdobida nobud bölmoqda
Tuşuninglar axir, ijtimoiy himoya bu faqat ijtimoiy tölovlar degani emas, undan taşqari bu yana ijtimoiy suğurta va ijtimoiy xizmatlarni ham taqdim etiş demakdir. Aynan mana şu ijtimoiy xizmatlar mamlakatimizda umuman taqdim etilmaydi! Mutlaqo yöq! Mana şu fojiani öz rahbariyatingizga tuşuntiring, iltimos!
Axir sizlar ham şu zamin farzandisizlar, şu yurtda yaşaysizlar. Farzandlaringiz ham şu yurtda yaşaydi. Jamiyat jarlikka yuztuban qulamoqda. Velosipedni qayta kaşf etiş va mahalla tizimi orqali ijtimoiy himoya qilişni yölga qöyiş böyiça turli tajribalar ötkazib körişga vaqt sarflamaslik kerak. Vaqt ötyapti, gödak bolalar nobud bölyapti. Bu işlarning oldini oliş kerak.
Dunyodagi köplab mamlakatlarda bölgani kabi bizda ham ijtimoiy himoyani amalga oşiruvçi, ijtimoiy xizmatlarni taqdim etuvçi normal işlaydigan tizimni yaratiş kerak. Bu tizim Ijtimoiy himoya vazirligi deb nomlanadimi, davlat qömitasi yoki agentligi deb nomlanadimi, bu muhim emas. Muhimi, respublika-viloyat-tuman/şahar-mahalla vertikali böyiça faoliyat olib boradigan mustaqil taşkilot bölsa böldi. Mahalliy darajada ijtimoiy xizmatlar mahalliy budjet mablağlari hisobidan moliyalaştirilişi mumkin. Mana şu işni qilinglar, 2-3 yildan keyin vaziyat ijobiy tarafga butkul özgarganini körasizlar.
«Professional ijtimoiy xizmat tizimi kerak»
Davletov kanali muallifi Qobil Xidirovning yozişiça, ijtimoiy yordamni şakllantiriş uçun ğildirakni qaytadan kaşf qiliş kerak emas. Dunyoda yaxşi tajriba töplagan, xalqaro taşkilotlar ham Özbekiston böyiça tom-tom tadqiqotlar, qöllanmalar çiqargan. Siyosiy irodani körsatişning vaqti kelgan.
– Şu yilning 2 avgust kuni Farğona neftni qayta işlaş zavodining 47 yoşli ayol xodimi korxonaga kiriş joyida ustidan benzin sepib, öziga öt qöygani haqida tarqalgan xabarlar bir neça bor kötarganimiz — ijtimoiy xizmat tizimini mutlaqo yangidan barpo etiş, institutsionallaştirişning allaqaçon vaqti yetganini yana bir bor isbotlamoqda. Kimki hayotda oğir vaziyatga tuşib, unga na jamiyat, na davlat yordam qölini çözsa — öz joniga qasd qilsa, hammamizning fojiamiz. Har bir suiqasdning öz sabablari bor, kimdadir moddiy masala, kimdadir ruhiy, kimdadir esa umuman boşqa masala. Ayollarning öz joniga qasd qilişi odatda oiladagi muhit bilan uzviy boğliq böladi.
Rosti, ayollarga, oilalarga yordam bersin deb qömita tuzganmiz, vazirlik oçganmiz. Mingta lavozim joriy qilganmiz — hokim örinbosaridan tortib mahalla maslahatçisigaça. Budjetdan har yili milliardlab pul ajratiladi. Lekin nafi bölyaptimi? Tadbirbozlik, qarsakbozlikdan nariga ötilayotgani yöq. Qiyin vaziyatga tuşib qolgan ayolga kim qanday yordam berişni bilmaydi, uzoği bilan quruq maslahat beriladi, “sabr qiling, ötib ketadi”, deyişdan nariga ötilmaydi. Hamma mas’uliyatni özidan soqit qiladi, keçirasiz-u, özini osaman degan ayol, umid qilsa, öşa taşkilotlar eşigida sarson böladi.
Bu mavzu neça yillardan beri kötariladi. Bizga professional ijtimoiy xizmat tizimi kerak. Modomiki ayol oğir ahvolga tuşib qolgan bölsa, unga kerak bölsa vaqtinçalik boşpana beradigan, butun tizimni oyoqqa turğizadigan, malakali psixologik yoki huquqiy himoyaga oladigan tizim bölişi kerak. Bu tizim har xil vazirlik va idoralar tavakkaliga taqsimlab taşlangan ijtimoiy xizmatlarni özida jamlaşi lozim. Bu birgina suitsid emas, balki oilaviy zöravonlik, bolalar farovonligi, nogironligi bölgan şaxslar — umuman, ijtimoiy zaif qatlamni köçaga taşlab qöymaydigan DAVLAT kafolat tizimi bölişi kerak.
Yöqsa, har gal yuqoridagi kabi fojia yuz berganida koptokni u idoradan bu idoraga tepiş bilan şuğullanaveramiz. Jabrdiydalar esa jabrlanişda davom etaveradi. Eng muhimi, buning uçun ğildirakni qaytadan kaşf qiliş kerak emas. Dunyoda yaxşi tajriba töplagan, xalqaro taşkilotlar ham Özbekiston böyiça tom-tom tadqiqotlar, qöllanmalar çiqargan. Siyosiy irodani körsatişning vaqti keldi, nazarimizda.
«Odamlar muammolari bilan yolğiz qolib ketmasligi kerak»
Adliya vazirining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Şahnoza Saotova inson bekorga jamiyat bölib yaşamasligi, şuning uçun ham ijtimoiy yordam kerak degan fikrni ilgari surmoqda.
– Tunov kuni yoşi 90 dan oşgan onasiga jarrohlikdan keyin qarab, parvarişlagan, ammo uning injiqliklariga doş berolmay, köksiga piçoq sançib öldirgan 70 yaşar ayol haqida xabar çiqqandi Bugun Jizzaxda 3 yaşar qizçani onasi xorijga işga ketgani, qarab turadigan xolasi muntazam urib yurgan va oxiri öldirgani töğrisida xabar tarqaldi. Odamlar muammolari bilan yolğiz qolib ketmasligi kerak. Inson bekorga jamiyat bölib yaşamaydi, ijtimoiy xizmat tizimi zarurati va ehtiyoji hamma davlatda bor, uşbu yönalişdagi muammolarimizni töğri yeçiş kerak. Aziza Umarovani bu masalada qöllab-quvvatlayman.
“NNTlarining davlat nazoratida ekani, ijtimoiy himoya tizimining rivojlanişiga yöl bermaydi”
Jurnalist, Nemolchi.uz loyihasi asosçisi Irina Matviyenko aholiga bir martalik tarqatiladigan yordamlar iş bermasligini, iş bergan taqdirda ham ularni tarqatişni mahallalarga topşiriş işonçsiz ekanini aytmoqda.
– Ijtimoiy yordam qiyin vaziyatga tuşib qolganlarni qöllab-quvvatlaş uçun har bir davlatga kerak. Afsuski, Özbekistonda haligaça ijtimoiy himoya bilan şuğullanuvçi yagona organ, masalan, vazirlik yoki ijtimoiy himoya agentligi yöq. Şuning uçun ham ijtimoiy yordam tizimini amalga oşirişda markazlaştirilgan yondaşuv mavjud emas. Maşhur “temir”, “ayollar”, “yoşlar” daftarlari köpçilikning kinoyasiga sabab bölmoqda, çunki bu daftarlarni saqlaydigan mahalla muassasasiga işonç ança past. Bunni COVID-19 vaqtida homiylar tarqatgan mahsulotlarni mahalla idoralarida öğrilab ketilganidan ham biliş mumkin.
Özbekistonda ijtimoiy yordam deb, oziq-ovqat beriş, uyini ta’mirlab beriş kabi vaqtinçalik moddiy yordam beriladi.
Menimça, ijtimoiy yordam tizimini rivojlantiriş bilan birga, davlat gender stereotiplariga qarşi kuraşişi ham kerak. Agar qiz bolaligidan asosiy vazifasi turmuşga çiqiş ekanligini örgangan bölsa, köpinça muvaffaqiyatsiz nikohda kvartira yoki uy va davlatdan imtiyozlar talab qiladi. Çunki bolaligidan unga kimdir ğamxörlik qiladi, degan ğoya: avval ota-onasi, keyin eri. U yerda ham, u yerda ham qöllab-quvvatlaş bölmagaç, davlat u va farzandlari haqida qayğurişi kerak, deb hisoblaydi. Afsuski, heç qayerda 2-3 bolali yolğiz onalarga kvartira bermaydilar (demografik inqirozga uçragan mamlakatlar bundan mustasno).
Ayollar öqişi, işlaşi kerak. Ularda ham tölaqonli şaxsiyat şakllanişi kerak. Ammo seriallarda itoatkor kelinlar körsatilganda, tok-şoularda itoatsiz xotinlarni kaltaklaş örgatilganda, gender stereotiplari aks etgan videolar tarqatilganda şaxsiyat şakllanişi qiyin. Gender stereotiplariga qarşi kuraş sust olib borilmoqda va bu aholining iqtisodiy farovonligiga ta’sir körsatmoqda.
Bundan taşqari, volontyorlik institutlarini rivojlantiriş kerak. Ular yoşlarga ta’lim oliş, karera qilişda ham yordam beradi. Nomoddiy ijtimoiy yordam turli köngilli taşkilotlar taşabbusi bilan ham şakllantiriladi. Butun dunyoda ijtimoiy vazifalarning bir qismi nodavlat taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi. Çunki ular moliyalaştiriş manbalarini topadi, benefitsiarlarni tanlaydi, nazorat qiladi, yordam beradi, turli dasturlar yaratadi, köngillilarni jalb qiladi. Lekin NNTlarini Özbekistonda röyxatdan ötkazişda muammo bor. Ular hamon davlat nazoratida bölgani uçun Özbekistonda bu model yaxşi işlamayapti.