Özbekiston prezidentining yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi.

Kun.uz manbasiga köra, bu haqda bugun, 25 avgust kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ötkazgan yiğilişda ma’lum qilingan. Umrzoqov aholining juda köp e’tirozlari aynan ta’lim va tibbiyotga oid ekanini ta’kidlagan.

Şu yil 66 yoşga töladigan Abdujabbor Abduvohidov administratsiya va hukumatdagi eng keksa yoşli amaldorlardan sanalardi. U 4 yil oldin, 2018 yil 27 avgustda prezident maslahatçisi etib tayinlangan edi.

Ma’lumot uçun, Abduvohidov Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning qudasi hisoblanadi.

Mazkur iste’fo Prezident administratsiyasida oxirgi 1 oy içidagi beşinçi kadr özgarişi böldi. Bu özgarişlarning barçasi Zaynilobiddin Nizomiddinov administratsiya rahbarligidan olinib, örniga Sardor Umrzoqov tayinlangani ortidan röy bermoqda.

Bu tayinlovdan köp ötmay Sunnatilla Bekenov administratsiya rahbarining yordamçisi, Komil Allamjonov esa administratsiya rahbariga örinbosar etib tayinlandi. Şundan keyin prezident maslahatçisi lavozimidagi Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimiga ötkazildi.

Kuni keça Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasiga ham yangi boşliq tayinlandi. Bu lavozimni Hisob palatasi raisi örinbosari Saidlaziz Saidkarimov egalladi.