“Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nişonlaş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022–2023 yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YuNeSKO şafeligida xalqaro miqyosda keng nişonlanadi.
Jumladan:
- “Buyuk Beruniy merosi” xalqaro sayyohlik marşrutlari yölga qöyiladi;
- 2023 yil yakunigaça Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi;
- alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qölyozma va boşqa madaniy boyliklar restavratsiya qilinadi;
- Fanlar akademiyasining Qoraqalpoğiston bölimi va Xorazm Ma’mun akademiyasida madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş va konservatsiya qilişga ixtisoslaşgan laboratoriya taşkil qilinadi;
- öquvçilar örtasida Xorazm viloyatida tegişli fan böyiça Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi ötkaziladi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi.
2022 yil dekabrgaça “Beruniy va yoşlar” maxsus dasturi işlab çiqilib, mutafakkir hayotiga oid ma’lumotlar, uning ilmiy-ma’rifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi.
Allomaning töliq asarlari turkumini özbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida naşr etiş çoralari köriladi.
















