Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 22 avgust kuni soat 10:00 larda 4R-36 Jizzax-Foriş-Qizilça avtomobil yölining Foriş tumani hududidan ötgan qismida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Foriş tumani Pastki Bayram qişloğida yaşovçi şaxs GAZ-31 maşinasida harakatlanayotib, quvib ötiş qoidasini buzgan va röparadan kelayotgan VAZ-2101 maşinasining yöliga çiqib ketib, u bilan töqnaşgan.
Oqibatda, Foriş tumani Nurak qişloğida yaşovçi VAZ-2101 maşinasi haydovçisi va yölovçisi oğir tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajalarga qaramasdan, haydovçi vafot etgan.
Avvalroq, Qaşqadaryo viloyatida quvib ötiş qoidalarini buzib harakatlangan Gentra maşinasi Lacetti ’ning yöliga çiqib ketib YTH sodir etgan, oqibatda Lacetti va uning haydovçisi yonib ketgandi.

















