Super-kontrakt bilan birga oddiy kontrakt ham qöşib tölanadimi?

Birinçi yili faqat super-kontrakt summasi tölanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qöşib tölanmaydi. Ikkinçi yildan boşlab esa faqat oddiy kontrakt tölanadi, super-kontrakt tölanmaydi.

Super-kontraktda öqiş uçun neça ball oliş kerak?

Abituriyent tabaqalaştirilgan tölov-kontraktda öqişi uçun testga kirgan bölsa, kifoya. 1 ball olgan bölsa ham, qöşimça kontraktda öqişi mumkin. Faqat tölov summasi baliga qarab farq qiladi.

Super-kontraktda öqişni xohlaganlar qaçongaça ariza berişi kerak?

Hali super-kontrakt uçun arizalar qabul qilinmayapti. Arizani sentabr oyida, öqişlar boşlangaç beriş mumkin.

Arizalar 1 oktyabrga qadar qabul qilinadi. Bu yerda kimning birinçi bölib ariza berişi ahamiyatsiz. Talabgorlar töplangan ballga qarab tartibga solinadi, ya’ni avval yuqori ball töplaganlarga imkon beriladi.

Ariza beriş uçun OTMga boriş kerakmi?

Ariza beriş uçun OTMga boriş şart emas. Ötgan yildan super-kontrakt uçun arizalar onlayn qabul qilinadigan böldi. Uydan çiqmagan holda ham internet orqali ariza yuboriş mumkin. Buning uçun OTMga keliş, kimnidir kabinetida navbat kutiş, kimlargadir iltimos qiliş şartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt işga tuşgaç, qöşimça xabar qilinadi.

Öqişga kirganlar boşqa yönalişga super-kontraktni tanlay oladimi? Masalan, birinçi va ikkinçi yönalişga bali yetmadi, lekin uçinçi yönalişga öqişga kirdi. Abituriyent uçinçi yönalişda öqişni istamay, birinçi yoki ikkinçi yönalişda super-kontraktda öqiy oladimi?

Bu masala hozirça oçiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

Ötgan yili abituriyent özi tanlagan BIRINÇI yönalişga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan bölsa, unda öz xohişi istisno tariqasida BIRINÇI tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yönalişga taalluqli emas. Ya’ni 3 ga kirgan bölsa, 2-yönalişda super-kontraktda öqiy olmasdi, faqat BIRINÇIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qöşimça xabar beriladi.