Bojxona qömitasi xabariga köra, mazkur timsoh bolalari umumiy qiymati 918,5 million sömni taşkil qiladi. Tuğilganiga bir hafta bölgan Nil timsohi turiga mansub timsoh bolalarining ahvoli Toşkent hayvonot boği xodimlari tomonidan qoniqarli deb baholanmoqda.

Nil timsohlari uzunligi odatda 5 metrdan oşadi. Ularning 7 va undan ortiq metr uzunlikdagi turlari ham uçraydi.

Şuningdek, aeroportdagi bojxona xodimlari xorijdan uçib kelgan boşqa bir fuqaroning qöl yuklarini bojxona körigidan ötkazgan. 

Unda bir dona oq rangli sellofan paketi içida folga qoğoziga öralgan, puşti rangli plastik idişi içidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, taxminiy qiymati 5000 dollar, ya’ni 54 mln 650 ming söm bölgan jami 10 dona suvda sudralib yuruvçilar turkumiga kiruvçi buqalamunlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur jonzotlar Toşkent hayvonot boğiga vaqtinça saqlovga topşirildi va mutaxassislar doimiy nazorati ostida parvarişlanmoqda. Hayvonot boği veterinarlari bergan ma’lumotga asosan, taşiş qoidalariga rioya qilinmagani sababli, buqalamunlar 6 tasi oğir ahvolda deya baholanmoqda. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.