Ular quyidagiça:

  • yaqin qarindoşlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
  • fuqarolik, oilaviy va jinoyat işlari böyiça huquqiy yordam körsatiş töğrisidagi şartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat işlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida çaqirilgan taqdirda;
  • voyaga yetmagan şaxsga, unga hamrohlik qiluvçi şaxsga xorijiy davlatda ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti ötkazilganda;
  • voyaga yetmagan şaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada iştirok etganda;
  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan şaxsga, unga hamrohlik qiluvçi şaxsga xorijiy davlatda ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti ötkazilganda;
  • biometrik pasport Özbekiston yoki çet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, maişiy tusdagi ofatlar yuz bergani natijasida jabrlangan jismoniy şaxslar tomonidan yöqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.

Korxonalar, muassasalar va taşkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolar xorijga çiqiş huquqini beruvçi hujjatlar uçun davlat boji belgilangan tartibda uşbu korxonalar, muassasalar va taşkilotlar tomonidan tölanadi.