Joriy yil 7 sentabr kuni Senat kengaşi navbatdagi majlisi bölib ötdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Majlisda Senat öttiz ikkinçi yalpi majlisini 2022 yil 13 sentabr kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.
Yalpi majlisda senatorlar Senat raisi örinbosari töğrisidagi masalani körib çiqadilar.
Yalpi majlisda bir qator qonunlar muhokama qilinadi. “Elektron tijorat töğrisida”gi, “Taşqi mehnat migratsiyasi töğrisida”gi, “Elektron raqamli imzo töğrisida”gi qonunlar şular jumlasidan.
“Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunga özgartişlar kiritiş haqida”gi hamda “Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunlar ham körib çiqiladi.

Yalpi majlisda davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlari 2022 yil I yarim yilligi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisobotini, Özbekiston taşqi işlar vaziri 2022 yil birinçi yarim yilligidagi faoliyati töğrisidagi axborotini eşitiş rejalaştirilgan.
Farğona viloyati Uçköprik, Özbekiston, Danğara, Qöştepa, Toşloq, Farğona tumanlari va Qöqon, Marğilon, Farğona şaharlari çegaralarini özgartiriş, Namangan viloyati Töraqörğon tumani va Namangan şahri Davlatobod tumani hamda Namangan şahri çegaralarini özgartiriş töğrisidagi masalalar körib çiqiladi.
Senatorlar Boyovut, Qarşi, Olot, Böston va Töraqörğon tumanlari hamda Kattaqörğon şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari doirasida belgilangan çora-tadbirlar ijrosini örganiş natijalarini muhokama qiladi.
Yalpi majlisda davlat organlari va taşkilotlari tizimida 2022 yil birinçi yarmida murojaatlar bilan işlaş holatini körib çiqiş nazarda tutilgan.

















