Ijtimoiy tarmoqlarda Teatr arboblari uyuşmasining «Ilhom» teatri spektakli böyiça xulosa olinişi lozimligi yuzasidan davlat taşkilotlariga kiritgan xati muhokamalarga sabab böldi. Teatrda premerasi kutilgan «Yer ostidagi qizlar» spektakli uyuşma xatidan söng bekor qilindi.

Teatr arboblari uyuşmasining «Ilhom» teatriga xatida «Afğonistondagi ijtimoiy diniy va siyosiy ahvolni Ğarb dunyoqaraşi asosida keng jamoatçilikka körsatiş ikki tomonlama davlat aloqalariga putur yetkazadi», deyilgan.

Adliya vazirligi nodavlat notijorat taşkilotlarini röyxatga oluvçi organ sifatida uşbu masala yuzasidan rasmiy munosabat bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, «Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisida»gi qonun 4-moddasiga asosan, nodavlat notijorat taşkiloti davlat organlari hamda ular mansabdor şaxslari faoliyatiga aralaşişiga yöl qöyilmaydi.

Qonun 8-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat taşkiloti qonunçilik va ta’sis hujjatlariga rioya etişi, moliyalaştiriş manbalari töğrisidagi axborot bilan tanişiş erkinligini ta’minlaşi, öz faoliyati töğrisida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etişi şart.

«Teatr arboblari uyuşmasi» nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan içki işlar organlari va Milliy gvardiya bölinmalari ommaviy tadbir ötkazişga ruxsatnoma berişi bilan boğliq munosabatlarga aralaşişi ustav faoliyatidan çetga çiqiş va qonunçilik talablarini buziş deb hisoblanişi aytilgan.

Ma’lum qilinişiça, Teatr arboblari uyuşmasining 2022 yil 7 sentabrdagi xati qonuniy kuçga ega emas. Teatr arboblari uyuşmasi qonunçilik hujjatlari buzilişiga yöl qöymaslik haqida 2022 yil 10 sentabr kuni yozma ravişda ogohlantirilgan va davlat taşkilotlariga yuborilgan xatini ijrodan çaqirib oliş haqida körsatma berilgan.

Qayd etilişiça, «Madaniy faoliyat va madaniyat taşkilotlari töğrisida»gi qonun 31-moddasiga köra, teatrlar badiiy yönalişlarni, repertuarni tanlaşda, sahna asarlarini yaratiş, ommaviy ijro etiş va (yoki) ommaviy namoyiş qiliş töğrisida qaror qabul qilişda, samarali ijodiy jarayonni va işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun zarur bölgan, qonunçilikka zid bölmagan boşqa faoliyatni amalga oşirişda erkindir. Ular faoliyatiga aralaşiş madaniy faoliyat sohasidagi asosiy prinsiplardan biri bölgan - «ijodiy faoliyat erkinligi»ga ziddir.

Şu bilan birga, «Madaniy faoliyat va madaniyat taşkilotlari töğrisida»gi qonun 20-moddasiga köra, madaniy-ommaviy tadbirlar ötkazilayotgan vaqtda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatişga, şafqatsizlik va zöravonlikni tarğib etişga, özga şaxslar huquqlarini kamsitişga qaratilgan plakatlar, timsollar, transparantlardan va boşqa aşyolardan foydalaniş taqiqlanadi.