2016 yildan buyon zamonaviy qullar soni 25 foizga oşgan: 28 million kişi majburiy mehnatga jalb qilingan, yana 22 million kişi öz xohişiga qarşi nikoh tuzgan. Bunday ma’lumotlar Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT), Xalqaro migratsiya taşkiloti (MT) va Walk Free xalqaro inson huquqlari guruhining 12 sentabr, duşanba kuni e’lon qilingan qöşma hisobotida keltirilgan. 2016 yilda ularning umumiy soni 40,3 mlnni taşkil etgan.
Tadqiqotçilarning fikriça, majburiy mehnatga jalb qilinganlarning aksariyati Osiyo-Tinç okeani mintaqasida - 15,1 million kişi. Yevropa va Markaziy Osiyoda 4,1 million, Afrikada 3,8 million, Amerikada 3,6 million, arab mamlakatlarida 0,9 million majburiy mehnat holatlari qayd etilgan.
Odamlarni zöravonlik bilan ekspluatatsiya qiliş dunyoning deyarli barça mamlakatlarida qayd etilgan, deya ta’kidlaydi tadqiqot mualliflari. Şunga qaramay, barça qulliklarning yarmidan köpi va majburiy nikohlarning törtdan biri örtaça daromadli mamlakatlarda sodir böladi. Migrantlar boşqa katta yoşli işçilarga qaraganda uç barobar köproq «qul» bölib qolişadi.
Ular, ayniqsa, noqonuniy yoki notöğri boşqariladigan migratsiya tizimi, şuningdek, işga qabul qiliş qoidalari va etikasining buzilişi tufayli odam savdosiga moyil, deb yozadi tadqiqotçilar. Migrantlarning majburiy mehnat va odam savdosiga nisbatan zaifligini kamaytiriş, birinçi navbatda, migratsiya jarayonining barça bosqiçlarida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmatni ta’minlaydigan milliy siyosat va qonunçilik asoslariga boğliq, dedi MT rahbari Antonio Vitorino.
Majburiy mehnat holatlarining katta qismi (86 foizi) xususiy sektorga töğri keladi. Ularning 23 foizi tijorat maqsadida jinsiy ekspluatatsiyaga, 63 foizi esa boşqa sohalardagi majburiy mehnatga tegişli. 14 foiz hollarda majburiy mehnat buni davlat majburlovi ostida amalga oşiradi. Mehnatga majburlanganlar orasida 3,3 million nafar bolalar bor. Ularning yarmidan köpi tijorat maqsadida jinsiy ekspluatatsiyaga uçragan, deyiladi hisobotda.
Tadqiqotçilarning hisob-kitoblariga köra, 2021 yilda 22 million kişi majburiy nikohda yaşagan, bu beş yil oldingiga nisbatan 6,6 millionga köp. Biroq bunday majburiy nikohlarning, ayniqsa, 16 yoşgaça bölgan bolalar iştirokidagi nikohlarning haqiqiy soni ança köp bölişi mumkin, deya ogohlantiradi mualliflar. Köpinça bunday nikohlar öziga xos patriarxal munosabatlar va urf-odatlar bilan boğliq: majburiy nikohlarning 85 foizdan ortiği qarindoşlarning bosimi ostida röy beradi.

















