Qayd etilişiça, 12 sentabr soat 22:00 larda Izboskan tumani, «Törtköl» MFY, Oltin vodiy köçasida yaşovçi S.U. Izboskan tumani IIB navbatçilik qismining «102» qisqa raqamiga qönğiroq qilib, qöşnisining xonadonidan janjal ovozini eşitib, u yerga çiqqanligi, u yerda xonadon egasi R.M. va uning qizi Ş.R. qonga belangan holda yotganligi haqida xabar bergan.
Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida aniqlanişiça, joriy yil 12 sentabr kuni fuqaro A.A. oilaviy kelişmovçiliklar tufayli onasining uyida yaşab kelayotgan turmuş örtoği Ş.R. va 2021 yilda tuğilgan farzandi bilan körişiş maqsadida borib, farzandini körişga qarşilik qilganligi uçun qaynonasi M.R. hamda turmuş örtoği Ş.R. bilan janjallaşib qolgan.
Söngra u yerdan çiqib, özi vaqtinça işlayotgan, unça uzoq bölmagan hududda joylaşgan somsaxonaga borib, u yerdan özi bilan xöjalik piçoğini olib kelib, qaynonasi va turmuş örtoği bilan janjalni davom ettirgan. Qaynonasi M.R. turmuş örtoği Ş.R. va keyinçalik janjalga aralaşgan qayniukasi X.R. larga xöjalik piçoği bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yaşiringan. A.A. tomonidan yetkazilgan tan jarohatlari sababli M.R. va Ş.R. hodisa joyining özida vafot etgan.
Çaqiruv böyiça yetib kelgan tez tibbiy yordam şifokorlari tomonidan voyaga yetmagan X.R. tuman markaziy kasalxonasiga olib borilgan va şifokorlar tomonidan barça tibbiy muolajalar amalga oşirilgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan A.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, u JPKning 221-moddasi tartibida uşlandi. Jinoyat işining tergov harakatlari viloyat prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda.
















