Qayd etilişiça, 2022-2023 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlari natijalariga e’tibor qaratilsa, 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Şundan 176 mingdan ziyodi umumiy qabul parametrlari doirasida öqişga qabul qilingan bölib, ularning 83 006 nafari (47 foiz) — birinçi ta’lim yönalişiga, 93 341 nafari (53 foiz) — ikkinçi-beşinçi ta’lim yönalişiga talabalikka tavsiya etilgan.

Ma’lum qilinişiça, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yönalişiga hujjat topşirganida ular teng yarmidan köpi talabalikka tavsiya etilmagan bölardi.