Kun.uz muxbiri ŞHTning Samarqand sammiti borasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, siyosiy fanlar nomzodi Eldor Aripov bilan suhbatlaşdi.

– Oxirgi haftalarda jamoatçilik, OAVning diqqat-eʼtibori Samarqandda bölib ötgan ŞHT sammitiga qaratildi. Bu voqea jahon siyosiy yangiliklarining eng yuqori poğonasida turibdi. Sizningça, tadbirga bölgan umidlar oqlandimi?

– Albatta, Samarqand sammiti barça umidlarni oqladi. Özbekiston raisligi davrida amalga oşirilgan ulkan va maşaqqatli işlar munosib yakunlandi.

Nazarimda, Samarqanddagi sammit ŞHT doirasida ötkazilgan eng yirik va eng nufuzli siyosiy tadbirga aylandi.

ŞHT tarixida ilk bor sammitda 14 ta davlat yetakçilari va 10 ta xalqaro taşkilot rahbarlari iştirok etdi. Özbekiston Şarqiy, Janubiy va Markaziy Osiyo, Yaqin Şarq, Kaspiy dengizi mintaqasi davlatlari rahbarlarini bir maydonga töpladi.

Ular döstona muhitda "yuzma-yuz" muloqot qiliş imkoniga ega bölişdi. ŞHTga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy şaroitda umumiy dasturxon atrofida suhbat ötkazayotgan suratini hamma körgan bölsa kerak. Öylaymanki, bu surat sammit bölib ötgan işonçli kayfiyat va muhitni juda yaqqol aks ettirdi.

Sammit arafasida uning natijalari qanday bölişi haqida juda köp turli taxminlar bor edi.

Ba’zi ekspertlar uçraşuv şunçaki rasmiy, odatiy ruhda ötadi, deb ta’kidlagan edi.

Boşqalar esa, aksinça, ösib borayotgan global qarama-qarşilik şaroitida ŞHTning yangi rolini başorat qilişdi. Şanhay hamkorlik taşkiloti dunyoda yangi böliniş çiziqlari va bloklarini şakllantiriş jarayonida iştirok etişi başorat qilingan edi.

Bugun işonç bilan aytiş mumkinki, bu nuqtai nazarlarning heç biri özini oqlamadi.

Samarqand sammiti ŞHT nafaqat eng nufuzli xalqaro taşkilotlardan biri bölib qolayotganini, balki özining asosiy tamoyillari – blokdan taşqari maqom, uçinçi davlatlarga qarşi turmaslik, oçiqlik, konsensus, işonç, özaro manfaatdorlik, tenglik va özaro hurmatga sodiqligini yana bir bor namoyiş etdi.

Özbekiston prezidentining ŞHT “tinçlik, hamkorlik va taraqqiyot yölida birlaşişga, ayirmaçilik unsuridan xoli bölgan jozibador makonga aylanişi lozim”ligi haqidagi murojaati ham öz tasdiğini topdi.