Navoiy viloyati prokuraturasiga köra, Xatirçi tumanida yaşovçi fuqaro R.Z. joriy yil 16 sentabr kuni yaşaş xonadoni hovlisida joylaşgan ekin yerini kovlayotgan vaqtida, odam suyagiga öxşaş suyaklar çiqqanini huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Xatirçi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilyapti.
Qayd etilişiça, ekspertiza tekşiruvi uçun tegişli namunalar olinib, sud-tibbiy hamda sud-tibbiy kriminalistik ekspertizalar tayinlangan.
Tergovga qadar tekşiriş natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanişi aytilgan.
















