Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga öqişga kiriş uçun 1 146 744 nafar abituriyent onlayn röyxatdan ötdi.

Davlat test markazi xabariga köra, bunda erkaklar — 542 858 nafar (47,34 foiz)ni, ayollar — 603 886 nafar (52,66 foiz)ni taşkil etdi. Test sinovi natijalariga köra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bölib, ular 102 441 nafari (53,8 foiz) — erkaklar, 87 934 nafari (46,2 foiz) — ayollar hissasiga töğri keladi.

Abituriyentlar test sinovida töplagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball töplagan holda talabalikka tavsiya etilganini köriş mumkin. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar örtaça ötiş balli davlat granti asosida erkaklarda — 114,98 ballni, ayollarda — 127,21 ballni, tölov-kontrakt asosida erkaklarda — 90,92 ballni, ayollarda — 101,94 ballni taşkil etgan.

Erkaklar va ayollarda örtaça ötiş ballari bunday farq qilişi ular röyxatdan ötişda tanlagan ta’lim yönalişlari va ulardagi ötiş ballari bilan boğliq. Ta’lim sohalari böyiça foiz hisobida olinganda «Tillar» (85,11 foiz) va «Ta’lim» (74,49 foiz) sohalariga ayollar, «Transport xizmatlari» (94,53 foiz) hamda «Arxitektura va quriliş» (87,1 foiz) sohalariga erkaklar köproq talabalikka tavsiya etilgan.