Özbekistondagi ayrim banklarda yana naqd valuta tanqisligi kuzatilmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Orient Finance Bank öz şoxobçalarida 2 ming dollardan ortiq naqd dollar olişga çeklov qöygan. Bunga nima sabab bölganiga aniq izoh berilmagan.
Şuningdek, Ziraat Bank'da ham katta miqdorda naqd valuta olib bölmayapti. Kun.uz manbasining sözlariga köra, Hamkorbank'ning bir neçta filiallarida ham katta miqdorda naqd valuta olişga çeklov qöyilgan.
Ipoteka bank matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bankda valuta sotib oliş bilan boğliq çeklangan limit örnatilmagan.
Hozirça heç qaysi bank mazkur holatga rasmiy ravişda izoh bermadi.
“Spekulyativ ötkazmalar miqdori misli körilmagan darajaga yetdi”
Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, oxirgi kunlarda valuta “qora bozori”ning daromadlilik darajasi 50 foizgaça yetgan.
“Rossiyada yuz berayotgan voqeliklar Özbekistonni ham çetlab ötayotgani yöq. 29-30 sentabr kunlari bir dollar uçun naqdsiz nisob 53 rublgaça pasaydi, tabiiyki Özbekistonga spekulyativ ötkazmalar miqdori ötgan hafta oxiri va şu hafta boşida misli körilmagan darajaga yetmoqda.
Bugun ertalabki holatga Rossiyada VTB banki naqd dollar uçun 78,5 rubl, Sberbank 78 rubl, Alfa-bank 77 rubl söramoqda. Payşanba va juma kunlari Özbekistonga naqdsiz ötkazilgan va naqd yeçib olinib Rossiyaga yetkazilgan tranzaksiyaning daromadliligi 50 foizga yetmoqda. Uç kunda 50 foiz daromad. Na narkobiznes, na fohişabozlik, na odam savdosi bunça köp daromad bermaydi”, deydi u.
Bakirovning qöşimça qilişiça, özbek banklari öz mijozlarini naqd valuta bilan ta’minlaşda jiddiy qiyinçiliklarga duç kelmoqda.
“Özbekiston banklari xorijiy ötkazmalar va valuta ayirboşlaş bilan boğliq operatsiyalarni naqd valuta bilan ta’minlaş masalasida kuçli bosim va yuklamaga duç kelmoqda. Xorijdan naqd valuta keltiriş ikki, uç barobarga köpaygan, sanksiyalar şubhasi va ehtimoli ostida bölsada naqd valuta keltiriş yana köpaytirilmoqda, yangi manbalarni qidirib topiş işlari töxtab qolgani yöq.
Ha, ijtimoiy tarmoqlarda yozilayotganidek, ayrim banklar yuzaga kelgan çaqiriqlarga yetarliça adekvat va tezkor munosabatda bölmayotgan bölişi ham mumkin. Ha, ayrim holatlarda yuzaga kelgan defitsit şaroitidan foydalanib qolişga urinayotgan, spekulyantlar bilan bir frontga qöşilib qolgan bankirlar ham bölişi mumkin.
Bunday şaroitda tizim butun kuç va imkoniyatlarini eng avvalo mehnat migrantlari va ularning ötkazmalari bilan boğliq amaliyotlarini naqd valuta yoki naqd söm bilan ta’minlaşga qaratişi tabiiy va buni turliça baholaşlariga toqat qilişga töğri keladi. Norozi spekulyantlar birinçi bölib va hammadan balandroq qiçqiradi.
Esda tutiş kerakki, özbekistonlik mehnat migranti bitta tranzaksiyada 5 ming dollar pul ötkazmaydi yoki 100 ming dollarni 20ta pasportga bölib yubormaydi. Yoki bölmasam, özbek migrantining konveyerdek işlayotgan uç qavatli sxemalarga qiziqişi ham, vaqti ham yöq.
Naqd valuta bilan boğliq vaziyatning murakkablaşişi birinçi marta emas, bu aprelda ham, mayda ham, iyunda ham böldi. Har safar şunday vaziyatga duç kelinganida yeçim topilgan, vaziyat barqarorlaştirilgan. Bu safar ham şunday böladi”, deydi iqtisodçi.
Avvalroq, “Vedomosti” naşri Rossiya özbekistonlik sarroflar uçun pul ayriboşlaş makoniga aylanib qolgani haqida yozgandi. Unga köra, qöllanayotgan konvertatsiya sxemasi quyidagiça: kursi yuqori rublni Özbekistonda sömga maydalaşadi, söm evaziga naqd dollar xarid qilişadi, dollarni Rossiyaga keltirib, uni yana rublga ayriboşlaşadi.
Eslatib ötamiz, iyun va iyul oylarida ham banklarda valuta tanqisligi yuzaga kelgandi. Buning sababi mutaxassislar tomonidan rubl kursi Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy valutalariga nisbatan şiddat bilan mustahkamlanişda davom etayotgani bilan izohlangandi.
Şuningdek, Markaziy bank pul ötkazmalarining keskin oşişi Rossiya va Qozoğistonda işlayotgan qirğizistonlik va tojikistonlik muhojirlarning ham Özbekistonga pul ötkazayotgani fonida yuz berayotgan bölişi mumkinligini ma’lum qilgandi. Regulyator bunga sabab sifatida qöşni davlatlarda pul ötkazmalarini dollarda beriş böyiça taqiq va çeklovlar örnatilganini keltirgan edi.
2022 yilning yanvar oyidan iyun oyigaça Özbekiston banklaridan 5,5 milliard AQŞ dollaridan köproq mablağ olib çiqilgan. Bu esa 2021 yilning şu davriga nisbatan 70 foizga köproq.
Özbekistonda transçegaraviy pul ötkazmalarining summasi ham ortgan. Gap 2022 yilning birinçi yarim yilligida xorijdan kelgan 6,5 mlrd AQŞ dollari haqida ketmoqda. Bu 2021 yilning şu davriga nisbatan 96 foizga köproq.












