Kun.uz avvalroq Toşkentda iqtisodiy sudlarning ikki nafar sudyasiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar bergan edi. Sudyalar noqonuniy egallangan yer uçastkalari böyiça işlarni manfaatdorlar foydasiga hal qilib berganlikda gumonlanayotgan edi.
Kun.uz manbasiga köra, Boş prokuraturaning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi olib borayotgan dastlabki tergov davrida Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va boşqa moddalari bilan ayblanayotgan 3 nafar sobiq sudyalar ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Qamoqqa olinganlarning ikki nafari Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudi sobiq sudyalaridir.
Ular mansab vakolatidan foydalanib davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazganlikda gumonlanyapti.
Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarov Kun.uz muxbirining söroviga javob berarkan, bu sudyalarning vakolat muddatlari jinoyat işi qözğatilişidan avvalroq tugatilgani, tergov jarayonlari ketayotgani bexabar ekanini ma’lum qildi.
Avval ham yozganimizdek, bu – Sudyalar oliy kengaşining ma’lumotlarni töliq berişdan qoçişi bilan boğliq ilk holat emas.
Boş prokurorning matbuot kotibi Xayot Şamsutdinov bu ma’lumotni inkor etmadi, ammo şu bilan birga tasdiqlagani ham yöq.

















