Senat kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi. Majlisda Senat öttiz uçinçi yalpi majlisini 2022 yil 7 oktabr kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.
Navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar körib çiqiladi. “Standartlaştiriş töğrisida”gi, “Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida”gi hamda “Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunlar şular jumlasidan.
Yalpi majlisda “Geografik obektlarning nomlari töğrisida"gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunga pensiya tayinlaş tartibini takomillaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi va “Ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonunlarni ham muhokama qiliş nazarda tutilgan.
Senatorlar Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini ta’minlaş böyiça amalga oşirilgan işlarni örganiş natijalarini muhokama qiladi.
Yalpi majlisda Farğona viloyati hokimining investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar töğrisidagi hisoboti ham eşitiladi.
Senatorlar tomonidan iqtisodiyotning işlab çiqariş sohalarida mahalliylaştiriş dasturlarining ijrosi hamda Orolböyi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlaş hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qiliş böyiça belgilangan vazifalarning ijro etilişi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan ikkita parlament sörovi natijalari ham muhokama qilinadi.
Yalpi majlis kun tartibi doirasida Senat kengaşining qarorlarini ham tasdiqlaş nazarda tutilgan.

















