Holatga oydinlik kiritilguniga qadar uşbu yovvoyi hayvonlar Toşkent hayvonot boğiga vaqtinça saqlaş uçun topşirilgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim savdo belgilarini tarğib qilişda yovvoyi hayvonlardan, xususan timsoh bolalaridan foydalanilgani sababli jamoatçilikda uşlab qolingan timsoh bolalari begona qöllarga çiqib ketgani yuzasidan şubha-gumonlar yuzaga kelgani tufayli Davlat bojxona qömitasi Toşkent hayvonot boğida bölib, jonivorlar holati bilan qiziqdi. 

Timsohçalar hayvonot boği ekspozitsiyasida taşrif buyuruvçilar e’tiboriga havola qilinmoqda. Yovvoyi tabiatdan ajratib olingani sababli timsoh bolalari barçasi ham birdek xonaki şaroitga moslaşmagan, ayrimlari mustaqil ravişda oziqlana olmayapti. 

Hamon maxsus karantinda saqlanayotgan buqalamunlar ahvoli ham yaxşi emas. Ular qutida mevalar orasida olib kelingani sababli parvoz vaqtida mevalar içida siqilib qolib, jiddiy şikast yegan.  

Hozirga kelib 1 boş timsohça va 6 boş buqalamun nobud bölgan. Ular utilizatsiyaga qadar maxsus muzlatkiçda saqlanmoqda. 

Özbekiston faunasida Nil timsohlari va Yaman buqalamunlari uçramasligi sababli ular mamlakat Qizil kitobida uçramaydi. Ammo, Xalqaro qizil kitobga kiritilgan. 

Şu sababli ham yöq bölib ketiş xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan Xalqaro savdo qiliş konvensiyasiga muvofiq uşbu jonzotlarni respublikaga olib kirişda CITES maxsus ruxsatnomasi talab etiladi. Ekologiya qömitasidan olingan ma’lumotlarga köra, bunday ruxsatnoma oliş uçun murojaat kelib tuşmagan. 

Jonivorlar keyingi taqdiri sud hukmiga binoan hal böladi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksi bir neçta moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.