Martda 11 300 sömdan oşgan dollar kursi, may oyidan boşlab sekin-asta pasayiş tendensiyasini körsatib kelayotgandi. 18 oktyabr 10:00 dan boşlab tijorat banklarida dollarning sotuv kursi 11 200 sömga çiqdi.

18 oktyabr holatiga köra, tijorat banklarida 1 AQŞ dollarining sotuv kursi 11 200 sömga çiqdi.

Markaziy bank 17 oktyabrda e’lon qilgan valuta kurslari ma’lumotida dollar kursi 11 sömga oşib, 11 143 sömga yetgani aks etgandi.

Rasmiy kurs joriy yilning mart oyida keskin oşib, maksimal ösiş nuqtasi 11 571 söm böldi.

May oyi örtalariga kelib, kurs 11 200 sömdan pastlay boşladi va muntazam pasaya boriş tendensiyasini körsatdi. Hatto iyul oyida kurs yil boşidagi 10, 800 sömlik körsatkiçgaça tuşdi.

10 oktyabrda dollar kursi yana 11 ming sömlik dovondan oşib ötdi va sönggi haftada 80 sömga qimmatladi.