Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 19 oktyabr kuni Boysun tumanida boşlangan kuçli şamol 23 ta mahalladagi elektr simlarida qisqa tutaşuvlarni yuzaga keltirib, iste’molçilarni elektr energiyasidan uzib qöygan. Aloqa simlarida ham uzilişlar sodir bölgan. Ikkita transformatorda nosozlik röy bergan.

Şuningdek, şamol keçga yaqin tuman hokimligi binosining tom qismini qulatgan. Mutaxassislar hodisa sodir bölişi oldidan şamol tezligi yanada kuçayganini aytmoqda.

Tuman hokimligidan olingan ma’lumotlarga köra, kutilmaganda yuz bergan tabiiy ofatdan tevarak-atrofdagi transport vositalari va yölovçilar jabrlanmagan.

«Ayni paytda hududlarda örganiş işlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etiş maqsadida tuman hokimligi hamda tegişli taşkilotlar vakillaridan iborat Işçi guruh tuzilib, zarur çoralar körilmoqda», deyiladi xabarda.