Bugun, 19 oktyabrda Toşkentning Şayxontohur tumanidagi 34-maktab direktori örinbosari kunlar sovib ketgani uçun darsga şim kiyib kelgan öquvçi qizni maktabga kiritmadi. Kun.uz holat yuzasidan öquvçining onasi, maktab ma’muriyati va Xalq ta’limi vazirligi bilan boğlandi.

Holat haqida dastlab 8-sinf öquvçisining onasi Gulnoza Odilova Facebook'dagi sahifasida yozdi.

“Direktor örinbosari ertalab maktabning darvozasi oldidan şu sovuq havoda qalin şim kiyib kelgan qizlarni “kolgotki bilan yubka kiyib kel” deb darsga kiritmasdan, uyga qaytarib yuboryapti. Maktabda “otopleniye” yonmagan. Xonalar sovuq. Maktab ta’lim berişi kerakmi yoki “uni kiy, buni kiyma” bilan şuğullanadimi?” – degan u.

Onaning aytişiça, qizining oyoğida revmatizm borligi sababli “kolgotki” kiyib yura olmaydi. Qolaversa, kiygan şimi jinsi emas, qora rangli qalin klassik şim bölgan.

Darsga kiritilmagan öquvçi / Foto: Gulnoza Odilova / Facebook

Gulnoza Odilovaning sözlariga köra, maktabdagi ta’lim sifati juda past, qizini uylariga yaqin bölgani uçungina şu maktabga bergan va u asosiy bilimni qöşimça öquv kurslarida oladi. “Sovuqda şidrayib “kolgotka” kiyib borsa, sifatsiz ta’lim sifati oşadimi?” deya savol qöygan öquvçining onasi.

Odilova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytişiça, direktor örinbosari bilan telefon orqali gaplaşganida öqituvçisiga tuşuntiriş xati yozib berişini, şunda faqat uning qiziga istisno tariqasida şimda kelişga ruxsat berilişi mumkinligini ta’kidlagan.

34-maktab direktori örinbosari (yuqoridagi voqeada tilga olingan örinbosar emas) Abdulhamid Tölaganov Kun.uz savoliga javoban maktabda öquvçilarning formasi böyiça Vazirlar Mahkamasining 666- va 271-sonli qarorlariga asosan iş olib borilayotganini aytdi.

“Ya’ni maktabimizda öquvçilarning formada kelişi böyiça kutib oliş joriy qilingan. 19 oktyabr kuni ertalab odatdagidek biz kutib olganmiz.

Sovuq kunlarda, qiş vaqtida qizlarning şim kiyib kelişiga ruxsat berilgan, lekin hali havo harorati unçalik ham sovimagani uçun şimga ruxsat bermagan edik. Şu ma’noda kirib kelayotgan öquvçiga e’tiroz bölgan: “Şim emas, yubkada kelişing kerak, hali sovuq tuşmagan”, degan mazmunda maktab direktorining boşqa örinbosari tomonidan ogohlantirilgan.