26 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati binosida Özbekistonda söz erkinligi masalalari muhokamasiga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
Tadbirda Kun.uz muxbiri Özbekistonda jurnalist faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik belgilaşni közda tutuvçi qonun loyihasi 2019 yilda işlab çiqilib, jamoatçilik muhokamasiga qöyilgani, lekin şundan beri ötgan 3 yil içida bu loyiha yöqolib qolgani haqida söradi.
Savol yuzasidan dastlab Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni ta’minlaş masalalari qömitasi raisi örinbosari Farhod Boqiyev izoh berdi.

“1997 yilda Özbekistonda “Jurnalistik faoliyat töğrisida”gi qonun qabul qilingan. Qonunning 14-moddasida jurnalistning materiallari va zarur texnikalarini ğayriqonuniy tarzda olib qöyiş, şa’ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, soğliği va mol-mulkiga tahdid, zöravonlik yoki tajovuz qiliş qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab bölişi belgilab qöyilgan. Lekin amaliyotda uni qaysi şaklda javobgarlikka tortiş masalasi oçiq qolgan. Şu ma’noda fikrlaringiz töğri.
Özbekistonda bugun OAV faoliyati tölaqonli yuritilişi borasida siyosiy iroda bor. Buni davlatimiz rahbari doim ta’kidlab kelmoqda. Bugungi kunda şuningdek, keng jamoatçilik takliflari bilan Konstitutsiyamizning 67-moddasiga şu mazmundagi bandlar kiritilmoqda.
Jumladan, uşbu moddada ommaviy axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qilişi yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi belgilab qöyilmoqda.
Ya’ni bu masala konstitutsiya darajasida belgilanişi keyingi qadam sifatida javobgarlik masalasi qonunçilikda ham aks etişini bildiradi.
Şuningdek, siz bu masalani kötararkansiz, bir narsani aytişim kerak, Senat qonunlarni Qonunçilik palatasi tasdiqlagandan keyin qabul qilib oladi”, – dedi u.













