Ötgan hafta davlat rahbariga taqdim etilgan boş reja loyihasi borasida bir qator savollar tuğildi. Kun.uz bu masalada intervyu va maqolalar e’lon qildi. Yangi reja doirasida yaşil hududlar köpayişi, yangi şahar qurilişi, transport va infratuzilma yaxşilanişi haqida optimistik bayonotlar yangradi.
Şu bilan birga, oktyabr oyida Özbekiston, xususan, Toşkent yana çang-tözon içida qoldi. Dunyoning eng ifloslangan şaharlari reytingida mutlaq peşqadamlik qilgan poytaxtimiz, şuningdek, havosi tekşirilmaydigan, biroq doim zahar va ğubordan aholisi aziyat çekadigan mamlakatimizning boşqa şaharlari ham borki, muammo kundan kunga jiddiylaşib borayotganini har birimiz his qilib, körib boryapmiz.
#Boricha loyihasining ilk soni uçun ana şu bir-biriga boğliq mavzularni tanlab oldik. Yaşil şahar qurilişi böyiça ekspert Temur Ahmedov va iqlimşunos Erkin Abdulahatov mehmonimiz bölişdi.
















