Toşkent şahridagi tuman tibbiyot birlaşmalari boşliqlari lavozimlariga ötkazilgan oçiq tanlov natijalariga köra, qator tayinlovlar amalga oşirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şoira Qahramonovna Abdusattarova — Yunusobod tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği lavozimiga ötkazilgan oçiq mustaqil tanlov ğolibi bölgan.

Ş. Abdusattarova 2005 yilda Toşkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavr, 2009 yilda magistratura bosqiçini tamomlagan.
U öz faoliyati davomida poytaxtdagi 50-son oilaviy poliklinikada şifokor, boş şifokor muovini, boş şifokor kabi vazifalarda işlagan.
Sanjar Foziloviç Mavlonov — Yakkasaroy tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği lavozimiga ötkazilgan oçiq mustaqil tanlov ğolibi böldi.

S. Mavlonov 2003 yilda Toşkent pediatriya tibbiyot instituti, söng Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U öz faoliyati davomida Soğliqni saqlaş vazirligida 1-toifali mutaxassis, boş mutaxassis, Toşkent tibbiyot kolleji direktori, Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasida boş mutaxassis kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
Sevara Rixsibayevna Husanova — Sergeli tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği lavozimiga ötkazilgan oçiq mustaqil tanlov ğolibi böldi.

S. Husanova 1995 yilda Toşkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.
U öz faoliyati davomida Mirzo Uluğbek tumanidagi 8-son oilaviy poliklinikada boş şifokor muovini, boş şifokor, uşbu tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği, tuman hokimi örinbosari kabi mas’ul vazifalarda işlagan.






















