Aholi soni ösişi töxtaydi yoki qisqaradi

Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yer yuzida aholi soni ösişi kuzatilmoqda. Faqat 2020 yil pandemiya davrida dunyo aholisi ösiş tezligi 1 foizga pasaygani qayd etilgan. 2022 yil 15 noyabr holatiga köra, dunyo aholisi 8 milliardni taşkil qilyapti.

Aholi soni köpayib borayotgan bir paytda tadqiqotçilar turli tahlillar ötkazib, 21 asr oxirida Yerda qança odam bölişi böyiça öz taxminlarini e’lon qilib borişadi. Ulardan biri va eng asosiysi 2022 yil iyulida BMT e’lon qilgan natijalardir. Taşkilotning yangi tahlillariga köra, Yerdagi odamlar soni 2030 yilda 8,5 mlrd, 2050 yilda esa 9,7 mlrd böladi. Ösiş 2080-yillarga borib, özining eng yuqori nuqtasiga çiqadi va dunyo aholisi 10,4 mlrd kişiga yetadi. Va bu miqdor 2100 yilgaça saqlanib qoladi. 

AQŞdagi Vaşington universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqot esa 21 asr oxirlarida dunyo aholisi soni nafaqat ösişdan töxtaşi, balki qisqara boşlaşini prognoz qilmoqda.

Lancet jurnalida çop etilgan bu tadqiqotga köra, dunyo aholisi soni 2064 yilda 9,7 mlrd kişiga yetadi va asr oxiriga borib, 8,8 mlrd kişiga tuşib qoladi.

Unda aytilişiça, keyingi 80 yil içida aholi soni Yaponiya, Ispaniya va Italiyada ikki baravar, Afrikaning Sahroi Kabirdan janubi-ğarbiy qismida esa uç baravar kamayib ketadi. 2100 yilga borib, 65 yoşdan oşgan odamlar soni 2,4 mlrd kişini, 20 yoşgaça bölganlar soni esa 1,7 milliardni taşkil qiladi. Ya’ni dunyoda keksalar yoşlardan köp böladi.

Qisqariş va ösiş kutilayotgan mamlakatlar

Jahon aholisining 2022 yilgaça bölgan holati köp mamlakatlarda sönggi ön yilliklarda tuğiliş sezilarli darajada pasayganini körsatgan. Bunday tendensiya asosan rivojlangan davlatlarda kuzatiladi. Masalan, Yaponiyada 2021 yilda tuğilişlar soni rekord darajada kam bölgan va aholi sonining tabiiy qisqarişi böyiça ham antirekord qayd etilgan.