«Ukraina NATO harbiy-sanoat kompleksiga integratsiyalaşmoqda. «Ukroboronprom» Alyansga a’zo bölgan kamida olti davlat bilan birgalikda oğir qurollar va harbiy texnikani loyihalaştiradi va işlab çiqaradi», — deyiladi Ukraina davlat harbiy konserni «Ukroboronprom» bayonotida. 

Gap Polşa, Çexiya, Fransiya va Daniya kabi davlatlar haqida bormoqda. Yana ikkita bitim haqidagi ma’lumotlar maxfiylaştirilgan. 

«Biz qöşma mudofaa korxonalarini yaratmoqdamiz, öq-dori işlab çiqariş liniyalarini qurmoqdamiz, birgalikda zirhli texnikalar va köplab raketa tizimlarini işlab çiqaramiz. Yangi, yuqori texnologiyali qurollarni birgalikda işlab çiqaramiz. Buning uçun biz xavfsiz joylarda mavjud quvvatlardan ham, yangi yaratiladigan quvvatlardan ham foydalanamiz», — deb qöşimça qildi konsern. 

Avvalroq, «Ukroboronprom» 122 mm va 152 mm kalibrga ega öq-dorilar, şuningdek, 120 mm kalibrga ega minalarni işlab çiqarişni yölga qöygan edi. Öq dorilar NATO texnologiyasi asosida işlab çiqarilmoqda va sinovdan muvaffaqiyatli ötgan.