Ijtimoiy tarmoqlarda boğlangan holda turgan itni temir bölagi bilan urib öldirib, unga şafqatsiz munosabatda bölgan şaxs videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, itni azoblab öldirgan şaxsni aniqlaş böyiça olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida uşbu holatni sodir etgan erkak Kattaqörğon tumanida taşkil etilgan qöşma korxona işçisi, Xitoy fuqarosi Hao Sihua ekani aniqlangan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, uşbu modda bilan BHMning uç baravari miqdorida (töqqiz yuz ming söm) jarima jazosi tayinlangan.

Qöşma korxonaning qolgan işçilari va rahbarlari bilan qayta şu turdagi huquqbuzarlikni sodir etmasligi yuzasidan tarjimon xizmatidan foydalanib, profilaktik işlar olib borilgan.

Avvalroq, Jizzaxda itni tiriklayin kuydirgan Xitoy fuqarosiga çora körilgandi.