Yaşnobod tumani Iltifot mahallasi 29-köçadagi qurilişda pudratçi taşkilot – “Yangi zamon bino” MÇJ tomonidan 16 tup daraxt kesib taşlangani va tabiatga 3,5 mlrd söm zarar yetkazilgani ma’lum qilindi. Kun.uz vaziyatni örganiş maqsadida voqea joyiga bordi. Borganimizda hududga heç kim kiritilmayotganiga guvoh böldik.

Guvohlarning sözlariga köra, mas’ullar hududga kirişga uringan jurnalistga kuç ham işlatişgan. Röy bergan holat yuzasidan hududda jamoat xavfsizligi uçun javobgar bölgan profilaktika inspektori voqea joyiga çaqirilgan.

Daraxtkuşlik bölgan joyga, şuningdek, Yaşnobod tumani ekologiya bölimi vakillari ham yetib kelişdi. Bölim boşliği Behruz Qöçqorovning aytişiça, daraxtlarning ommaviy qirğini 18 noyabrda aniqlangan. Öşa kuni inspektorlar holatni örganiş uçun quriliş obektiga kirişgan, ammo qorovullar ularga ham kuç işlatib, quriliş hududidan çiqarib yuborişgan.

“Bu yerda özboşimçalik bilan daraxtlar kesib taşlangan. Aslida biz şu yil 27 avgust kuni hududdagi daraxtlarni xatlovdan ötkazib ketganmiz. Şundan keyin bu daraxtlarga şikast yetkazmaslik, öz vaqtida parvariş qiliş, ularni kesib taşlamasligi uçun ogohlantiriş xatlarini yuborganmiz”, deydi mutasaddi.

Körinib turibdiki, quriliş joyi baland tösiqlar bilan örab olingan va bu bilan daraxtlarni imi-jimida yöq qilişga qulay şaroit yaratilgan. Özi aslida quruvçi – “Yangi zamon bino” MÇJda bunga ruxsat bormi? 136 dona daraxt bor joy tadbirkorga kim tomonidan berilgan?

Uşbu savollarga javob berişi kutilgan Yaşnobod tumani hokimining uy-joy, kommunal xizmat körsatiş va obodonlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Izzatulla Ziyovuddinov Kun.uz muxbiri bilan telefondagi muloqotida 10 daqiqada voqea joyiga yetib borişini ma’lum qilgan bölsa-da, sözining ustidan çiqmadi. U bilan qayta boğlanişga urinişlar esa bemasar keçdi.

E’tiborlisi, Özbekistonda 2019 yilda prezident farmoni bilan örmonlardan taşqaridagi daraxtlarni kesişga moratoriy joriy etilgan