Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi şahrida abituriyent qiz ijarada yaşagan uyida is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Sohibjon Ğaybullayev hodisa yuzasidan Kun.uz’ga ma’lumot berdi.
Ma’lum bölişiça, 2022 yil 20 noyabr kuni ertalab Qarşi şahri Mahallot mahallasidagi xonadonlardan birining hammomidan 2005 yilda tuğilgan qizning jasadi topilgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, Koson tumanida yaşovçi qiz Qarşi şahridagi öquv kurslaridan birida öqigan va jasadi topilgan xonadonda ijarada turgan.
S.Ğaybullayevning aytişiça, hozirda Qarşi şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qiz is gazidan vafot etganlikda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan. Uning xulosalariga köra qizning nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritiladi.
«Özbekistonda sovuq mavsum boşlanganda is gazi bilan zaharlaniş holatlari sodir böladi. Aksariyat hollarda is gazi bilan zaharlaniş isitiş peçlari mörisining yaxşi tozalanmasligi yoki isitiş peçlarini örnatişda e’tiborsizlik qiliş ortidan kelib çiqadi. Fuqarolardan isitiş peçlariga, mörilariga e’tiborli bölişlarini iltimos qilamiz», deydi Sohibjon Ğaybullayev.
Avvalroq, Jizzaxda uç kişi, Xorazmda ikki kişi is gazidan zaharlanib vafot etgandi. Ulardan uç nafari voyaga yetmagan bolalar bölgan.
















