Ukrainalik harbiylar Luhansk oblastida rus askarlarini otib taşlagani aytilgan lavhalar (otiş jarayoni videolarda aks etmagan) Rossiya rasmiylarining keskin reaksiyasiga sabab böldi.

«Qonli qirğin» deb atalgan uşbu voqeaga RF mudofaa vazirligidan taşqari, Rossiya TIV, RF prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengaşi, Rossiyaning Inson huquqlari böyiça komissari va Tergov qömitasi ham munosabat bildirdi. Ular asirlar qatl etilgani böyiça tergov ötkazilişini talab qilib, köplab xalqaro taşkilotlarga murojaat yöllangani haqida xabar berdi.

Ukraina reaksiyasi

Ukraina videoda tasvirga tuşirilgan voqealar böyiça tergov işlari olib bormoqda. Bu haqda mamlakatning bir qança rasmiylari aytib ötdi.

Xususan, Ukraina boş vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi böyiça örinbosari Olga Stefanişina Kanadaning Galifaks şahrida bölib ötgan xavfsizlik forumi çoğida uşbu masalaga töxtaldi.

«Albatta, Ukraina hukumati uşbu video yuzasidan tekşiruv ötkazmoqda», degan u. Uning aytişiça videoning qisqa parçalari Moskva aytayotgan da’volarni tasdiqlaşi ehtimoli past.

«Ukraina harbiylarida, keyinçalik ukrainalik asirlarga almaştiriş uçun imkon qadar köproq ruslarni qölga oliş haqida töğridan töğri buyruq bor», deya qöşimça qilgan Olga xonim.

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviç advokat va jurnalist Mark Feyginga bergan intervyusida videoyozuvda rus askarlaridan biri qurolli qarşilik körsatmoqçi bölganini köriş mumkinligiga e’tibor qaratdi.

«Agar siz taslim bölişga qaror qilib, keyin tösatdan qurolni qölga olsangiz, demak, siz endi qarşilik körsatayotgan qahramon emassiz, balki Jyeneva konvensiyasi qonunlarida zid tarzda uruş jinoyati qilmoqdasiz», degan Arestoviç.

Şuningdek, uning sözlariga köra, taslim bölganlarning xavfsiz ekanligi haqidagi qarorni ularni asirga olganlar qabul qilişi kerak.

«Biz yerda yotganlar yoki ularning heç bölmaganda ba’zilari özini qanday tutgani va ular qanday holatda halok bölganini bilmaymiz va buni videodan ham aniqlaşning iloji yöq. Asirlar haqiqatan ham avtomatik öqotar yoki yakka öqotar qurollardan otilgani va ular qanday holatda halok bölgani bizga qoronği», deydi Arestoviç.