Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, 1984 yildan tuğilgan A.Q. xotinining boş qismiga bolta bilan oğir tan jarohati yetkazgan.

“21 noyabr kuni soat 16:30 atrofida Farğona viloyati Buvayda tumani Turk mahallasida istiqomat qiluvçi 38 yoşli A.Q. oilaviy kelişmovçilik tufayli turmuş örtoği bilan janjallaşib, voyaga yetmagan farzandi köz öngida ayolning boş sohasiga xöjalik boltasi bilan bir neça marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Uşbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (öta şafqatsizlik bilan qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan” deyiladi xabarda.

38 yoşli ayol N.Q. olgan oğir tan jarohati oqibatida şifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq, Jizzax viloyatida mast erkak xotinini döpposlagan va oqibatda ayol oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan edi.